O‘zbekiston maktab o‘quvchilari 28 dekabr kuni ta’tilga chiqadi

eʼlon qilindi
Darslar 11-yanvardan boshlanadi
Foto: Piqsels

Oʻzbekistonda maktablarda qishki taʼtil 28 dekabrdan boshlanadi, deb xabar qildi Oʻzbekiston Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi matbuot xizmati.

Ta’til 11 yanvargacha davom etadi – shu kuni uchinchi chorakning birinchi darslari boshlanadi.

Eslatib o‘tamiz, oliy o‘quv yurtlari, maxsus va kasb-hunar ta’limi muassasalari talabalari 25 dekabr kuni qishki ta’tilga chiqadi. Darslar 8 yanvardan boshlanadi.

Avvalroq «Kursiv» Uzbekistan Airways Yangi yilda talabalar uchun chiptalar narxini ikki barobarga arzonlashtirishi haqida yozgan edi.

Shuningdek