Toshkent yaqinidagi yoqilg‘i quyish shoxobchalarida katta navbatlar yuzaga keldi

eʼlon qilindi
Bu avtomobillarning harakatlanishini qiyinlashtirmoqda
Foto: «Kursiv»

18-dekabr kuni Toshkent viloyatidagi gaz quyish shoxobchalarida katta navbatlar yuzaga keldi, deb xabar berdi «Kursiv» muxbiri.

Foto: «Kursiv»

Muxbirning so‘zlariga ko‘ra, avtomobil egalari mashinalarini yo‘l chetiga qo‘yib, navbat kutishga majbur.

Foto: «Kursiv»

Haydo‘vchilarning aytishlaricha, avtomobillar yoqilg‘i quyish shoxobchalarida to‘planib qolgani sababli Sirdaryo viloyatida ham transport harakatiga xalaqit bermoqda.

Foto: «Kursiv»

Shu bilan birga, bugun tunda Toshkent va Sirdaryo viloyatlarida havo harorati 0…-5 darajagacha pasaydi.

Eslatib o‘tamiz, «Xududgazta’minot» kompaniyasi ma’lumotiga ko‘ra O‘zbekistonda gaz quyish shoxobchalari faoliyatiga qo‘yilgan cheklovlar bekor qilingan. Biroq, ayrim hududlarda talab yuqoriligi sababli gaz ta’minoti darajasi pasaygan.

Avvalroq, «Kursiv» Toshkent shahri aholisi sovuq kunlarda qanday qiyinchiliklarga duch kelgani haqida yozgan edi.

Shuningdek