UzAuto kompaniyasi byudjetli avtomobillar uchun shartnomalar ochilishi haqidagi mish-mishlarni rad etdi

eʼlon qilindi
Yangiliklar muharriri
Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari 18-dekabrdan boshlab fuqarolar avtomobil sotib olish bo‘yicha shartnoma tuzishlari mumkinligini yozishdi
Foto: Автострада

UzAuto 18-dekabrdan boshlab byudjetli avtomobillar uchun shartnomalar ochilishi haqidagi mish-mishlarga izoh berdi.

Avvalroq, ijtimoiy tarmoqlarda, bugun, 18-dekabr kuni ommaviy segmentli avtomobillar uchun qo‘shimcha shartnomalar ochganini yozgan edi.

Biroq kompaniya bu xabarlarni rad etib, aniq sana keyinroq UzAuto rasmiy kanallarida e’lon qilinishini ta’kidladi.

Bundan tashqari, kompaniya mijozlarni shaxsiy ma’lumotlarini, ayniqsa davlat portalidagi shaxsiy kabinetidagi ma’lumotlarni uchinchi shaxslarga bermaslikka chaqirdi.

«Onlayn-shartnoma tizimi barcha uchun mutlaqo bepul va tizim hech kim uchun maxsus foydalanish imkoniyatini ta’minlamaydi», — dedi UzAuto.

Shuningdek, ishlab chiqaruvchi endilikda avtomobil xarid qilish bo‘yicha shartnomani faqat UzAutoSavdo ilovasida yoki kompaniyaning savdo.uzavtosanoat.uz saytida tuzish mumkinligini eslatdi.

UzAuto dekabr oyi o‘rtalarida Cobalt, Damas va Labo uchun qo‘shimcha shartnomalar ochish niyatida ekani avval xabar qilingandi. Biroq, aniq sana hali noma’lum.

Shuningdek