Navoiyda ilk shamol elektr stansiyalari sinov rejimida ishga tushirildi

eʼlon qilindi
Loyiha uchun mas'ul Amirlikning Masdar kompaniyasi.
Foto: XXLPhoto/Depositphotos

Navoiy viloyatining Tamdin tumanida O‘zbekistonda ilk shamol generatorlari sinov rejimida ishga tushirildi, deb xabar qildi Energetika vazirligi matbuot xizmati.

500 MVt quvvatga ega elektr stansiyasi qurilishiga BAAning Masdar kompaniyasi mas’ul. Uning uchun turbinalar Xitoyning Goldwind kompaniyasi tomonidan yetkazib beriladi.

Foto: Energetika vazirligi matbuot- xizmati

Yoz boshida Energetika vazirligi shamol elektr stansiyasini joriy yil oxiriga qadar ishga tushirish rejalashtirilganini ma’lum qildi.

Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, elektr stansiyasi yiliga 1,8 mlrd kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqaradi. Bu respublikaga 500 mln kub metrdan ortiq tabiiy gazni tejash imkonini beradi.

Avvalroq, «Kursiv» Qozog‘iston, O‘zbekiston va Ozarbayjon Yevropaga «yashil» energiya yetkazib berishga kelishib olgani haqida yozgan edi.

Shuningdek