Rossiya temir yo‘llari O‘zbekistondan sabzavot va mevalarni tashishda chegirmani uzaytirdi

eʼlon qilindi
Kelgusi yil uchun
Foto: Serjio74b/Depositphotos

«Rossiya temir yo‘llari» kompaniyasi kelgusi yil uchun O‘zbekiston va Tojikistondan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini tashishga 50% chegirmani uzaytirdi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning o‘n oyida mamlakatimiz Rossiya Federatsiyasiga 547 ming tonnadan ortiq sabzavot va meva yetkazib berdi. Pulga chaqqanda – 379,7 mln.

Bundan tashqari, O‘zbekiston va Rossiya Federatsiyasi «Agroekspress» loyihasining ishtirokchilari bo‘lib, uning yordamida har ikki davlat temir yo‘l transporti orqali o‘zaro sabzavot va mevalarni yetkazib berishni amalga oshiradi.

Bugungi kunda har ikki davlat Toshkent-Moskva yoʻnalishi boʻyicha qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetkazib bermoqda. Boshqa viloyatlardan ham yo‘nalishlar yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilgan.

Avvalroq, «Kursiv» O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish 4% oshganini yozgan edi.

Shuningdek