Toshkent yaqinida 500 kV raqamli podstansiya quriladi

eʼlon qilindi
Yangiliklar muharriri
Qurilish-montaj ishlari 2024-yil oxirigacha yakunlanadi
Foto: Energetika vazirligi matbuot- xizmati

Toshkent viloyatining Quyi Chirchiq tumanida 500 kV «Xalqa» raqamli podstansiyasi (RPS) quriladi, deb xabar qildi O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi matbuot xizmati.

Quvvati 1602 MVA bo‘lgan ob’ekt «Keles» podstansiyasiga yukni kamaytiradi va toshkentliklarni elektr energiyasi bilan ta’minlash sifatini oshiradi.

«Xalqa» qurilishini «O‘zelektroapparat – Elektroshit» kompaniyasi amalga oshiradi. Qurilish-montaj ishlari 2024-yil oxirigacha yakunlanadi.

Avvalroq, «Kursiv» Xitoy kompaniyalari O‘zbekiston energetika tizimini modernizatsiya qilishga ko‘maklashishi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek