Toshkentda milliard so‘mlik pirotexnika va sigaretalar topildi

eʼlon qilindi
Ular Oʻzbekistonga noqonuniy olib kirilgan
Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati

Toshkentning Sergeli tumanidagi xonadonlardan biridan qiymati 1 milliard so‘mdan ortiq bo‘lgan pirotexnika vositalari va sigaretalar topildi, deb xabar qildi Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati.

Qoʻmita maʼlumotlariga koʻra, huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan Oʻzbekistonga noqonuniy olib kirilgan 162 ming oʻram petarda va pirotexnika musodara qilingan. Tekshiruv davomida 9,5 ming quti sigaretalar ham topildi.

2023-yil boshidan buyon respublika bojxonachilari tomonidan umumiy qiymati 2,7 milliard so‘mlik pirotexnika vositalarining noqonuniy aylanishiga chek qo‘yildi.

Avvalroq, «Kursiv» Toshkent viloyatida ko‘katlar orasiga yashirilgan 200 million so‘mlik pirotexnika vositalari yuk mashinasida topilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek