Toshkent shahar ichki ishlar idoralari xodimlari tomonidan tovlamachilik va firibgarlikda gumon qilingan olti nafar fuqaro qo‘lga olindi, deb xabar berdi poytaxt IIB matbuot xizmati.
Boshqarma maʼlumotlariga koʻra, Azamat Salimbekov, Shuhrat Minovarov, Shovkat Minovarov, Marat Oʻrazov, Abduqodir Isoxunov va Otabek Islomov lar qoʻlga olingan.
Avvalroq, «Kursiv» dekabr oyi boshida poytaxt IIB xodimlari o‘n kishini qo‘lga olgani haqida yozgan edi.