Toshkentda yirik tirbandliklar yuzaga keldi

eʼlon qilindi
Yandex xaritalariga ko'ra
Foto: «Kursiv»

19-dekabr, seshanba kuni Toshkentda Yandeks xaritasi maʼlumotlariga koʻra, sakkiz balli tirbandlik yuzaga keldi.

Toshkentdan chiqayotganda – Dombrabod qabristoni va «Erkin» posti yaqinida avtomobillar harakati qiyinlashgan.

Yandex xaritalari

Poytaxtning baʼzi markaziy koʻchalarida ham avtomobillar toʻplanishi qayd etilgan. Xususan, metroning «Xalqlar do‘stligi», «Bodamzor», «Yunus Rajabiy» bekatlari va O‘zbekiston davlat tabiat muzeyi yaqinida.

Avvalroq «Kursiv» Toshkent viloyatidagi metan yoqilg‘i quyish shoxobchalarida katta navbatlar yuzaga kelgani haqida yozgan edi.

Shuningdek