Yangi yil oldidan Oʻzbekistonda havo +15° gacha isiydi

eʼlon qilindi
O‘zgidromet prognoziga ko‘ra
Foto: Piqsels

23-dekabr kuni O‘zbekistonning Toshkent, Sirdaryo, Samarqand va Jizzax viloyatlarida havo harorati kechasi -2…+3°, kunduzi +10…+15° gacha iliq bo‘lishi kutilmoqda, deb xabar berdi O‘zgidromet.

21—22-dekabr kunlari respublikaning ushbu hududlarida sinoptiklar kechasi 0…—5° iliq, kunduzi yogʻingarchiliksiz +5…+10° iliq boʻlishini taxmin qilmoqda.

Avvalroq, «Kursiv» Toshkentda 19 dekabr kuni yomg‘ir va qor yog‘ishi kutilayotgani haqida yozgan edi.

Shuningdek