“Mechta Market” riteyleri O‘zbekiston bozoriga kiradi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Kompaniya yangi xodimlarni qidirishni boshladi
Foto: 2GIS

Qozog‘istonning «Mechta Market» elektronika va maishiy texnika chakana savdo kompaniyasi O‘zbekistonda do‘kon ochish uchun kadrlar qidirishni boshladi.

Hh.uz saytidagi bo‘sh ish o‘rinlari bo’yicha kompaniyaga kassir va sotuvchi-konsultant ishga taklif qilinadi.

Reteyler shu yilning iyul oyida Toshkent shahrida kompaniyani ro‘yxatdan o‘tkazdi. KTYDR ma’lumotlariga ko‘ra, ustav kapitalining 100% qozog‘istonning «Mechta Market» MCHSHga tegishli.

«Mechta Market» 1992-yilda tashkil etilgan. O‘tgan yil oxirida Qozog‘istoning 45 shahrida 101 do‘kon faoliyat yuritgan.

Qozog‘iston Forbes ikki marta «Mechta Market» Qozog’istonning eng yirik 50 kompaniyalari qatoriga kiritgan. 2021-yilda riteyler 16-o‘rinni, 2022-yilda 12-o‘rinni egallagan edi.

Shuningdek