Mirziyoyev: Oʻzbekiston har yili 5 ming yosh IT-mutaxassisni xorijga joʻnatishni boshlaydi
eʼlon qilindi
Keyingi yildan boshlab
O‘zbekistonda 2024-yildan boshlab har yili 5 ming nafar yosh IT-mutaxassis xorijga ishlash uchun yuboriladi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev IT-sohasini rivojlantirish va davlat boshqaruvini raqamlashtirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishda ma’lum qildi.
«Al-Xorazmiy vorislari» loyihasi doirasida Xorazm viloyatida o‘quv mashg‘ulotlari boshlanadi. Bu yo‘nalishda jami 300 ming kishini o‘qitish va ish bilan ta’minlash rejalashtirilgan.
Avvalroq, «Kursiv» avvalroq Jahon banki O‘zbekistonga «O‘zbekiston Respublikasida raqamli inklyuzivlik» loyihasi uchun 50 mln dollar miqdorida imtiyozli kredit ajratishi xabar bergan edi.