Oʻzbekistonda sovuq havo boshlanishi bilan 73 milliard soʻmlik elektr va gaz oʻgʻirlandi
eʼlon qilindi
Mamlakatda 411 ta shunday qoidabuzarlik qayd etilgan
O‘zbekistonda dekabr oyining 15 kunida 73 milliard so‘mlik elektr energiyasi va gaz o‘g‘irlandi, deb xabar berdi «O‘zenergoinspektsiya».
Jumladan, Toshkent shahri va poytaxt viloyatida huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan resurslarni noqonuniy ishlatish bo‘yicha 50 ta holat aniqlanib, yetkazilgan zarar miqdori 36 milliard so‘mdan oshgan.
Farg‘ona viloyatida iste’molchilar tomonidan 7 milliard so‘mlik elektr energiyasi va gaz o‘g‘irlangan. Viloyatda 52 ta huquqbuzarlik aniqlangan.
Umuman olganda, 1-dekabrdan 15-dekabrga qadar respublika bo‘yicha 411 ta shunday qoidabuzarlik qayd etilgan.
Avvalroq, «Kursiv» noqonuniy mayning-fermermalar O‘zbekiston energetika tizimiga 58 milliard so‘m zarar yetkazgani haqida yozgan edi.