O‘zbekiston aralash saylov tizimiga o‘tdi

eʼlon qilindi
Yangiliklar muharriri
Qonunni Shavkat Mirziyoyev imzoladi
Foto: Roman Fedotov/ Kursiv

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev yangi saylov tizimiga o‘tish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. Yangi tizim Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga deputatlarni saylovida qo‘llaniladi.

Endi parlament quyi palatasida ovoz berish majoritar va proporsional tizimlar yordamida amalga oshiriladi. Bir mandatli saylov okruglari bo‘yicha 75 nafar deputat, partiya ro‘yxati bo‘yicha ham shuncha deputat saylanadi.

Bundan tashqari, endi ro‘yxatdagi besh nomzoddan ikkitasi ayol bo‘lishi kerak. Bu gender tengligini ta’minlash maqsadida amalga oshiriladi.

Mirziyoyev bu saylov tizimiga oʻtishni ilk bor 2023-yil mart oyida taklif qilgan edi. O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi (XDP) yetakchisi Ulug‘bek Inoyatovning fikricha, bu partiyalarning davlat siyosiy tizimidagi rolini kuchaytirishi kerak.

Avvalroq, «Kursiv» ushbu qonun loyihasi parlamentda muhokama qilingani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek