
«Rossiya temir yo‘llari» (RTY) 2024-yilda Rossiya Federatsiyasidan tashqarida, jumladan, O‘zbekistonga ham yuk tashishda chegirmalarni saqlab qoladi, deb ma’lum qildi TASS agentligi.
Kelasi yil uchun Moskva viloyatidan O‘zbekiston «Sergeli» stansiyasigacha, shuningdek, qarama-qarshi yo‘nalishda refrejeratorli tashishda 20,4% chegirma qo’llaniladi.
Bundan tashqari, «Rossiya temir yo‘llari» O‘zbekiston va Tojikistondan sabzavot va mevalarni tashishda 50% chegirmani saqlab qoladi. «Kursiv» bu haqda bir kun avval yozgan edi.