O‘zbekiston poytaxtida avtobus yonib ketdi

eʼlon qilindi
Jabrlanganlar yo‘q
Foto: Stockr / depositphotos.com

Kecha tunda Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida «Buyuk Ipak yo‘li» metro bekati tomon ketayotgan Mersedes Benz rusumli avtobus yonib ketdi, deb xabar berdi «Toshshahartransxizmat» shahar yo‘lovchi tashish transporti boshqarmasi.

Hodisa yuqori bosimli havo quvurining yorilishi tufayli ro‘y bergan, bu esa qisqa tutashuvga olib kelgan. Haydovchi muammoni bartaraf etishga uringan, biroq yong‘inning oldini olishga ulgurmagan.

Voqea joyiga qutqaruv guruhi chaqirildi va ular qisqa vaqt ichida yong‘inni o‘chirishdi. Oqibatda hech kim jabrlanmagan, biroq avtobusning dvigatel qismi shikastlangan. Ushbu mashina 2008-yildan beri ishlab keladi.

«Toshshahartransxizmat» tomonidan xizmat tekshiruvi tashkil etildi.

Video: ijtimoiy tarmoqlar

Avvalroq, «Kursiv» Toshkent aeroportida avtobus samolyotga urilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek