O‘zbekistonliklar o‘zlarining moddiy imkoniyatlarini qanday baholaydilar

eʼlon qilindi
Iste‘molchilarning ishonchi pasayib ketdi
Foto: Yuz.uz

URTG Freedom Finance Global tashkiloti tomonidan o‘tkazilgan ijtimoiy so‘rov natijalariga ko‘ra, noyabr oyida O‘zbekistonda iste’molchilar ishonch indeksi (CCI) oktabr oyiga nisbatan 2,1 punktga kamaygan holda 132,3 ni tashkil etdi.

Kamayish indeksni hisoblashga kiritilgan barcha ko’rsatkichlarda sodir bo‘ldi. Shaxsiy moliyaviy ahvolning o‘zgarishi indeksi 4,4 punktga, iqtisodiy vaziyatning o‘zgarishi indeksi esa 2,2 punktga kamaydi. Yirik xaridlarning barqarorlik indeksi 1,1 punktga kamaydi.

Foto: Kursiv

O‘zbekiston fuqarolarining iqtisodiy ahvol va shaxsiy moliyaviy ahvolga oid kutilmalarilari ham mos ravishda 2,6 va 0,2 punktga zaiflashdi.

Shu bilan birga, O‘zbekiston fuqarolarining iste’molchi ishonchi sentabr oyidagi ko‘rsatkichdan yuqoriligicha qolmoqda.

Noyabr oyida O‘zbekiston va Markaziy Osiyoning boshqa mamlakatlarida iste’molchilar ishonch indeksi qanday o‘zgargani haqida «Kursiv» maqolasida o‘qing.

Shuningdek