Cobalt, Damas va Labo uchun shartnomalar bugun ochiladi

eʼlon qilindi
Bosh muharrir o‘rinbosari
Kontraktatsiya faqat onlayn bo'ladi
Foto: Avtostrada

Bugun, 22-dekabr kuni soat 12:00 da Chevrolet Cobalt, Damas va Labo avtomobillari uchun 2024-yilga moʻljallangan onlayn shartnomalar ochiladi, deb xabar berdi UzAuto Motors.

Avtomobil sotib olish bo’yicha shartnomani faqat onlayn tarzda rasmiylashtirish mumkin bo’ladi. Shu kunlarda barcha Chevrolet dilerlik markazlari savdo tizimidan uzilib, butunlay yopiladi.

Eslatib o‘tamiz, mass-segmentli avtomobillarga shartnoma tuzish faqat UzAutoSavdo ilovasi (iOS /Android ), shuningdek, savdo.uzavtosanoat.uz sayti orqali amalga oshirilishi mumkin. Telegram botda faqat navbatni kuzatish xizmati mavjud va avtomobillar haqida ma’lumot olish mumkin.

Avvalroq, «Kursiv» joriy yilning 11 oyida O‘zbekistonda 104,5 ming dona Chevrolet Cobalt avtomobili ishlab chiqarildi, deb yozgan edi. Bu 2022-yilning shu davriga nisbatan 15,9 foizga ko‘pdir

Shuningdek