Dam olish kunlari O‘zbekistonda havo +17° gacha isiydi

eʼlon qilindi
To'rt viloyatlar hududida
Foto: Piqsels

24-dekabr, yakshanba kuni O‘zbekistonning Toshkent, Samarqand, Sirdaryo va Jizzax viloyatlarida havo harorati kunduzi +12…+17° gacha ko‘tarilishi kutilmoqda, deb xabar berdi «O‘zgidromet».

Kelgusi hafta boshida – 25 dekabrda ham ushbu viloyatlar aholisini xuddi shunday ob-havo kutmoqda. Kechasi shu kunlarda havo harorati +2…+7° gacha ko’tariladi.

Eslatib o‘tamiz, 23 dekabr kuni Toshkent viloyatida sinoptiklar kechasi -2…+3°, kunduzi +10…+15° bo‘lishini taxmin qilmoqda.

Avvalroq, «Kursiv» O‘zbekiston fuqarolarini Yangi yilda qanday ob-havo kutayotgani haqida yozgan edi.

Shuningdek