Izboskan tumanining sobiq hokimi hibsga olindi

eʼlon qilindi
Unga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan
Foto: Andijon viloyati hokimiyati

Andijon viloyati Izboskan tumanining sobiq hokimi Serobiddin Ismoilov hibsga olindi, deb xabar berdi viloyat sudi matbuot xizmati.

Gumonlanuvchiga nisbatan mansab vakolatini suiisteʼmol qilish (JKning 205-moddasi 2-qismi) va yer uchastkalarini berish tartibini buzish (JKning 229-4-moddasi 2-qismi) moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Ismoilov 10 dekabr kuni hokimlikdan ozod etilgan edi. U bu lavozimda 2018 yildan beri ishlab kelgan edi.

Bir necha kun avval sobiq Buxoro viloyati Buxoro tumani va Namangan viloyati hokimining sobiq o‘rinbosari qo‘lga olingan edi. Ularga nisbatan xuddi shunday moddalar bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bundan tashqari, ular mansab hujjatlarini qalbakilashtirish, xizmatga beparvolik va mansab vakolatlarini suiiste’mol qilishda ayblanmoqda.

Avvalroq, «Kursiv» Shavkat Mirziyoyev jinoiy guruhlar va poraxo‘r amaldorlarga qarshi kurash mavzusini ko‘targani haqida yozgan edi.

Shuningdek