Mirziyoyev: “O‘zini “ko‘cha” deb ataydigan jinoiy guruhlar bo‘ladimi, korrupsiyaga berilgan mansabdor shaxslar bo‘ladimi – hamma jazolanadi”

eʼlon qilindi
Yangiliklar muharriri
Prezident korrupsiya va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha tezkor chora-tadbirlar davom etishini ta’kidladi
Foto: Prezident matbuot-xizmati

O‘zR prezidenti Shavkat Mirziyoyev Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashi yig‘ilishida jinoiy guruhlar va poraxo‘r amaldorlarga qarshi kurashish mavzusini ko‘tardi.

Davlat rahbari aytishicha, korrupsiya va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha tezkor tadbirlar davom etadi.

«O‘zini “ko‘cha» deb ataydigan jinoiy guruhlar bo‘ladimi, korrupsiyaga berilgan mansabdor shaxslar bo‘ladimi, kim qonunga bepisand qarab, davlat va jamiyatga zarar yetkazadigan bo‘lsa, biz bunga hech qachon jim qarab turolmaymiz.Ko‘chalarimiz, mahallalarimiz, hayotimiz tom ma’noda tinch va toza, jinoyatdan xoli bo‘lishi kerak”- dedi yurtboshimiz.

Prezident bugungi O‘zbekistonda jinoyat uchun javobgarlik «muqarrar» chora bo‘lishiga ishontirdi.

«Yangi O‘zbekistonda qonun ustuvor, jinoyatga jazo muqarrar bo‘lishi shart. Va albatta shunday bo‘ladi»- gapirdi Mirziyoyev.

Eslatib o‘tamiz, oxirgi paytlarda jinoyatchilarga nisbatan reydlar o‘tkazilmoqda. 19-dekabr kuni Toshkentda tovlamachilikda gumon qilingan olti nafar shaxs qo‘lga olingani xabar qilingan edi. Buxoro viloyatining sobiq hokimi va Namangan viloyati hokimining sobiq o‘rinbosari qamoqqa olingani, tadbirkor Salim Abduvaliev ham hibsga olingani haqida xabar berilgan edi.

Shuningdek