Sirdaryo IESda quyosh elektr stansiyasi quriladi

eʼlon qilindi
Uning quvvati 520 kVt deb baholangan
Foto: Energetika vazirligi

Sirdaryo IESda quvvati 520 kVt boʻlgan yangi quyosh elektr stansiyasi quriladi, deb xabar qildi Oʻzbekiston Energetika vazirligi.

Elektr stansiyasi yiliga 760 ming kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqaradi, bu esa 81 ming kub metr gazni tejash imkonini beradi.

Vazirligning maʼlumotlariga koʻra, issiqlik elektr stansiyasida 1,3 MVt quvvatga ega «yashil» qurilma ham ishlaydi. Yangi panellar ishga tushirilgach, quyosh panellarining umumiy quvvati 1,8 MVtga etadi.

Avvalroq, «Kursiv» O‘zbekistonning Navoiy viloyatida ilk shamol generatorlari ishga tushirilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek