Fransiyalik shaxmatchi Samarqandda bo‘lib o‘tayotgan jahon chempionatida ishtirok etmaydi

eʼlon qilindi
Bosh muharrir o‘rinbosari
Bu haqda FIDE xabar berdi
Foto: FIDEning Facebook dagi sahifasi

Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) fransiyalik grossmeyster Alireza Firudja Samarqandga Rapid va blits bo‘yicha jahon chempionatiga kelmasligini ma’lum qildi.

FIDE bayonotida aytilishicha, shaxmatchi shaxsiy sabablarga ko‘ra turnirni o‘tkazib yuboradi. Eslatib o‘tamiz, 2019-yilda u Rapid bo‘yicha jahon chempionatida ikkinchi, ikki yildan so‘ng esa blits bo‘yicha jahon chempionatida uchinchi o‘rinni egalladi.

Eslatib o‘tamiz, musobaqa Samarqand shahrida 26-30 dekabr kunlari bo‘lib o‘tadi. Tantanali ochilish marosimi 25-kunga belgilangan.

Avvalroq, «Kursiv» grossmeyster Nodirbek Abdusattorov Champions Chess Tour-2023 finalida uchinchi o‘rinni egallagani haqida yozgan edi.

Shuningdek