“Islom Xo‘ja” filmi rejissyori Prezident Administratsiyasi ga ishga olindi

eʼlon qilindi
Bosh muharrir o‘rinbosari
Jahongir Ahmedovning “Ilhaq” filmi ham bor
Foto: O‘zA

Rejissor Jahongir Ahmedov O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi ijodiy tashkilotlar va kinematografiya sohasini rivojlantirish shuʼbasi yetakchi inspektori etib tayinlandi, deb xabar berdi O‘zA.

Bungacha O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti dotsenti, «Ezgu-film» kinostudiyasida bosh rejissyor lavozimlarida ishlagan.

Jahongir Ahmedov Xiva xonligi bosh vaziri hayoti va hukmronligi haqida hikoya qiluvchi «Islom Xo‘ja» filmini suratga oldi. Rejissyorning asarlari orasida «Ilhak» (urush dramasi) filmi ham bor. Film «Belarusfilm» kinostudiyasi bilan birinchi qo’shma loyiha edi.

Avvalroq, «Kursiv» O‘zbekistonda «Cinema Park» erkin iqtisodiy kino zonasi tashkil etilishi haqida yozgan edi.

Shuningdek