Chelyabinsk kolbasasi O‘zbekistonga yetib keldi

eʼlon qilindi
Dekabr oyida 3,5 tonna yetkazib berildi
Foto: igordutina /wwww.depositphotos.com

Chelyabinskdagi kolbasa ishlab chiqaruvchi korxona O‘zbekistonga mahsulot yetkazib berishni boshladi. Dekabr oyida respublikaga 3,5 tonna kolbasa mahsulotlari jo‘natildi, deya xabar bermoqda Rosselxoznadzor mahalliy boshqarmasi.

Eksport qilinishidan oldin kolbasa federal akkreditatsiyalangan laboratoriyada barcha kerakli tekshiruvlar va sinovlaridan o’tdi.

Eksport qiluvchi korxona O‘zbekiston nazorat organlarining veterinariya bo‘yicha barcha talablariga rioya qilgan.

Avvalroq, «Kursiv» Krasnoyarsk o‘lkasi chorvachilik fermasi O‘zbekistonga 33 bosh naslli sigir jo‘natgani haqida yozgan edi.

Shuningdek