Dasturiy ta’minot ishlab chiqaruvchisi Microsoft 250 ta eng yaxshi boshqariladigan Amerika kompaniyalari ro’yxatida o’z yetakchiligini saqlab qoldi. The Wall Street Journal bu ro‘yxatni 2023-yil yakunlarini hisobga olgan holda e’lon qildi.
Samarali boshqaruvga ega bo’lgan beshta tashkilotga Microsoftdan tashqari Apple, Nvidia, Alphabet va IBM ham kirdi.
Bu reyting iqtisodchi Piter Druker tadqiqotiga asoslanadi. U menejment samaradorligini baholashda iste’molchilarning qoniqish darajasi, moliyaviy barqarorlik, innovatsiyalar, ijtimoiy mas’uliyat va xodimlarning faolligi kabi mezonlarga tayanish kerakligini taklif qildi.
Avvalroq, «Kursiv» top-menejerlar qachon o’z xodimlariga vakolat berishlari va qachon ularga tayanmasliklari va hamma narsani o’zlari qilishlari haqida yozgan.