O‘zbekistonda sanoatni rivojlantirish uchun 12 mlrd dollardan ortiq mablag‘ yo‘naltiriladi

eʼlon qilindi
Loyihalarni kimyo, elektrotexnika va farmatsevtika sohalarida ishga tushirish rejalashtirilgan
Foto: Unsplash

Kelgusi yilda O‘zbekistonda kimyo, elektrotexnika va farmatsevtika sohalarida 12,7 mlrd dollarlik 24 ta yirik loyihani ishga tushirish rejalashtirilgan.Bu haqda O‘zR prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirokida sanoatni rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishda ma’lum qilindi.

Xususan, Qo‘ng‘irot, Qorako‘l’da va «Navoiyazot» korxonasida kimyo mahsulotlari ishlab chiqarish quvvatlarni kengaytirishga start beriladi. Shuningdek, Samarqandda maishiy texnika va avtomobillar uchun metall plitalar ishlab chiqarish loyihalari yo‘lga qo‘yiladi.

Bu haqda hududlarda sanoatni rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishda ma’lum qilindi. Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida shu masalalarga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Joriy yilda mamlakatimizda elektrotexnika ishlab chiqaruvchi 39, kimyo mahsulotlari ishlab chiqaruvchi 17, farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqaruvchi 57 korxona ishga tushirildi.

Ammo, ichki bozorda mahalliy mahsulotlarning ulushi elektrotexnikada 50%ga, kimyo sanoatida 40%ga, farmatsevtikada 18%ga yetmaydi.

Davlat rahbari vaziyatni o‘zgartirish va iqtisodiyotni yuksaltirish uchun mahalliy hokimiyatlarga sanoat bilan hamkorlikni kuchaytirish, viloyat iqtisodiyotini diversifikatsiya qilish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Avvalroq, «Kursiv» O‘zbekiston Rossiya bilan sanoat kooperatsiyasini kengaytirish niyatida ekani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek