Putinning vizitkasi auksionda deyarli 22 ming dollarga sotildi

eʼlon qilindi
Kartada Rossiya prezidentining 1990-yillardagi telefon raqamlari mavjud
Foto: RIA Novosti

Sankt-Peterburgdagi auksionda Rossiya prezidenti Vladimir Putinning vizitkasi sotildi. Lotning narxi 2 million rublni tashkil etdi (taxminan 21,7 ming dollar), deb xabar berdi TASS agentligi.

«Auksion uzoq davom etdi, ehtimol besh daqiqa, bu auksion savdosi uchun juda ko‘p», — dedi Sankt-Peterburg auktsion uyining etakchi mutaxassisi Finist Tsygankov.

Vizitka 1990-yillarda, Rossiyaning amaldagi prezidenti xalq deputatlari Leningrad shahar kengashi raisining xalqaro aloqalar bo‘yicha maslahatchisi bo‘lib ishlagan paytda Putinga tegishli bo‘lgan. Kartaga Putinning o’zi o’sha paytdagi o’z telefon raqamlarini yozib qo’ygan.

Avvalroq, «Kursiv» Napoleonning shlyapasi 2,1 million dollarga sotilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek