Seshanba va chorshanba kunlari O‘zbekistonda yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

eʼlon qilindi
Harorat +13° gacha ko'tarilishi mumkin
Foto: Piqsels

26 va 27 dekabr, seshanba va chorshanba kunlari O‘zbekistonning barcha hududlarida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda, deb xabar berdi «O‘zgidromet».

26 dekabr kuni Toshkent, Samarqand, Sirdaryo va Jizzax viloyatlarida sinoptiklar kechasi +4…+9°, kunduzi +8…+13° bo‘lishini taxmin qilmoqda.

27 dekabr kuni ushbu hududlarda havo harorati kechasi +2…+7°, kunduzi +8…+13° bo‘ladi.

28 dekabr kuni havo harorati kunduzi +10…+15 darajagacha isishi kutilmoqda. Kechasi termometr +2…+7° gacha tushadi.

Avvalroq «Kursiv» 21—31-dekabr kunlari O‘zbekistonda kunduzi 0…+5 dan +7…+12° gacha iliq bo‘lishi kutilayotgani haqida yozgan edi.

Shuningdek