Toshkent va Andijonda qalbaki dollar savdosiga chek qo‘yildi

eʼlon qilindi
Barcha kupyuralar chet elda bosilgan
Foto: Neirfys/Depositphotos

Davlat xavfsizlik xizmati (DXX) Toshkent shahri va Andijon viloyatida soxta dollar sotmoqchi bo‘lgan fuqarolar qo‘lga olingani haqida xabar berdi.

DXX maʼlumotlariga koʻra, Andijon viloyati Qoʻrgʻontepa tumanida yashovchi ikki nafar fuqaro Qirgʻizistondan olib kelgan 500 ming soxta dollarni 325 ming dollarga sotishmoqchi boʻlishgan.

O‘zbekiston poytaxtida Rossiya Federatsiyasidan olib kelgan qashqadaryolik fuqarodan 19,2 ming qalbaki dollarni 10 ming dollarga sotgan surxondaryolik fuqaro qo‘lga olindi.

Yana bir hodisa Toshkent shahrida qayd etilgan. «Lacetti» avtomashinasini ko‘zdan kechirish chog‘ida yo‘lovchida Qirg‘iziston orqali mamlakatimizga olib kelingan 8,9 ming dollarlik qalbaki pullar borligi, kupyuralar esa Turkiyada ishlab chiqarilganligi aniqlangan.

Avvalroq, «Kursiv» Toshkentning Chilonzor tumanida 20 ming dollarlik qalbaki dollar sotuvi to‘xtatilgani haqida e’lon qilgan edi.

Shuningdek