Yangiliklar

UzAuto: onlayn shartnomalar tuzishda texnik nosozlik xakerlik hujumi tufayli yuz berdi

Platforma 25-dekabr kuni soat 14:00 da yana ishlay boshlaydi
Фото: golib.tolibov.gmail.com/ www.depositphotos

UzAvtoSavdo platformasida xakerlar tufayli texnik nosozlik yuz berdi, deb xabar berdi UzAuto Motors matbuot xizmati.

Ko’p sonli kiberhujumlar natijasida foydalanuvchilar avtomobillar uchun onlayn shartnomalar ololmadilar.

Kompaniya UzAvtoSavdo platformasini qayta tiklash bo‘yicha ishlar yakunlangani va xaridorlar 25-dekabr, soat 14:00 dan boshlab Chevrolet Cobalt, Damas va Labo avtomobillari uchun shartnomalarni olishlari mumkinligini ta’kidladi.

Eslatib oʻtamiz, onlayn-shartnomalar 22-dekabr, soat 12:00da boshlanishi rejalashtirilgan edi. Oradan bir soat o‘tib UzAuto Motors texnik nosozlik haqida ma’lum qildi va uni bartaraf etish bir necha kun davom etdi.

Avvalroq, «Kursiv» xitoylik xakerlar O‘zbekiston va Janubiy Koreyani nishonga olgani haqida yozgan edi. Ular hujumlarida Gh0st RAT troyan dasturidan foydalanadilar.