O‘zbekistonda Qorbobo va Qorqiz xizmatlari qancha turadi

eʼlon qilindi
"Kursiv" yangi yil shou dasturlari narxlarini o'rgandi
Foto: «VkusVill»

Toshkentda Qorbobo va Qorqizning ko‘ngilochar shousi 100 dollardan 300 dollargacha turadi, deya aniqladi «Kursiv».

Takliflarning aksariyati xususiy shaxslardan, yani professional bo’lmagan artistlar kelib tushadi. Ushbu xizmat narxi 100 dollarni tashkil qiladi. Ularning shou dasturi 30 daqiqa davom etadi.

30-dekabr kuni animatorlarning shunga o’xshash xizmati 150 dollardan 300 dollargacha turadi. Professional artistlarning bayram dasturi 20-25 daqiqa davom etadi.

Hamda, o‘zbekistonliklar Qorbobo va Qorqiz liboslarini o‘zlari kuniga 200 ming so‘mdan ijaraga olishlari mumkin. Kiyimlar to’plami qo’lqop, xalat, bosh kiyim, kamar, shim, sumka va soqoldan iborat bo‘ladi.

Shuningdek, Qorbobo va Qorqiz liboslarini 200-400 ming so‘mga xarid qilishingiz mumkin. Qolaversa, kiyimning sifatiga qarab narxi 2 million so‘mdan oshishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Yangi yil bayrami arafasida O‘zbekistonda va boshqa mamlakatlarda animator xizmatlariga talab ortgan. Qorbobo va Qorqiz – dekabr oyida eng mashhur «kasblar» dan biri.

Avvalroq, «Kursiv» yangi yil arafasida oilangiz bilan qayerda dam olishingiz mumkinligi haqida yozgan edi.

Shuningdek