Oʻzbekiston bojxonachilari 9 tonnadan ortiq giyohvand moddalarni olib qoʻydi
Joriy yilda O‘zbekiston bojxonachilari tomonidan 9,2 tonnaga yaqin giyohvandlik vositalari va 663 ming dona psixotrop moddalar musodara qilindi.
Yil davomida Bojxona qoʻmitasi xodimlari tomonidan oʻqotar qurol va oʻq-dorilar, shuningdek, 28 milliard soʻmlik xorijiy valyutani olib kirishga urinishlar aniqlangan. Shuningdek, salkam 5 million dona petarda va feyerverk importi to‘xtatildi.
Eslatib o‘tamiz, giyohvand moddalarning rekord partiyasi sentabr oyi boshida aniqlangan edi. Ular iste’mol qilinadigan ko‘knori niqobi ostida respublikaga 8,5 tonna ko‘knori somoni olib kirmoqchi bo‘lgan.
Poytaxtdagi xonadonlardan ham qiymati 1 milliard so‘mdan ortiq bo‘lgan sigaretalar va pirotexnika vositalari olib qo‘yildi.
Avvalroq, «Kursiv» Toshkentda tovlamachilik va narkotik moddalar savdosida gumonlanganlar qo‘lga olingani haqida yozgan edi.