Qirg‘izistonda davlat bayrog‘idagi naqsh o‘zgartirildi

eʼlon qilindi
Tegishli qonun davlat rahbari tomonidan imzolandi
Foto: Sputnik

Qirg‘iziston davlat bayrog‘ining yangilangan dizaynini tasdiqladi, deb xabar berdi Sputnik. Bu haqdagi qonunni respublika prezidenti Sadir Japarov imzoladi.

«Avvallari bayrog‘imiz kungaboqarga o‘xshab ketar edi va shu sabab mamlakat tizzasidan turolmaydi, degan fikr bor edi. Hatto xorijliklar bu yerda kungaboqar ko‘p bo‘lsa kerak, degan holatlar ham bo‘lgan. Shuning uchun bayroqdagi tasvirni qayta ko‘rib chiqish vaqti kelgandir», — dedi Japarov.

Qirg‘iziston davlat ramzi dizaynini o‘zgartirish taklifi joriy yilning sentabr oyida jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan edi. Noyabr oyi oxirida Qirg‘iziston Jogorku Keneshi (parlamenti) tegishli qo‘mitasi bayroqni o‘zgartirishni qo‘llab-quvvatlagan edi.

Avvalroq, «Kursiv» O‘zbekiston davlat bayrog‘idan foydalanishni soddalashtirgani haqida yozgan edi.

Shuningdek