Utair aviakompaniyasining Moskva — Toshkent yo‘nalishidagi reysi 12 soatga kechiktirildi

eʼlon qilindi
Samolyotning kech yetib kelishi tufayli
Foto: Uzbekistan Airports

Rossiyaning Utair aviakompaniyasining 25-dekabr, dushanba kuni Moskva-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha parvozi 12 soatga kechiktirildi, deb xabar berdi Uzbekistan Airports.

Samolyot Vnukovo aeroportidan Toshkent vaqti bilan soat 18:30da parvoz qilishi kerak edi. Biroq samolyot kech yetib kelgani sababli parvoz 4:55 ga qoldirildi.

Shu kuni texnik sabablarga ko‘ra Panorama Airways aviakompaniyasining Toshkentdan Jiddaga parvozi yetti soatga qoldirildi.

Avvalroq, «Kursiv» Namangan va Farg‘ona aeroportlari quyuq tuman tufayli samolyotlarning kelishi va qo‘yib yuborilishini cheklagani haqida yozgan edi.

Shuningdek