Group-IB Toshkentda Markaziy Osiyo kiberxavfsizlik markazini ochdi

eʼlon qilindi
Ofis poytaxtdagi IT-parkda joylashgan
Foto: Unsplash

Group-IB kiberxavfsizlik kompaniyasi Toshkentda Markaziy Osiyoda Raqamli jinoyatchilikka qarshi kurash markazini (DCRC) ochdi.

Ofis poytaxtdagi IT-parkda joylashgan. U yerda firibgarlikdan himoya qilish, tahdidlarni tahlil qilish va dasturiy ta’minotni ishlab chiqishga ixtisoslashgan xodimlari bor.

Bu yerda o‘zbekistonlik mutaxassislar bilan bir qatorda Group-IBning boshqa bo‘linmalari xodimlari ham ish olib boradilar. Ular orasida raqamli kriminalistika va yuqori texnologiyali jinoyatlarni tergov qilish bo‘yicha mutaxassislar bor.

Xuddi shunday Group-IB markazlari Toshkentdan tashqari, ayni paytda Singapur, Pxuket, Amsterdam va Dubayda ham faoliyat yuritmoqda.

Kompaniya vakillari o‘zbekistonlik yosh mutaxassislarga sarmoya kiritish, shuningdek, respublikaning texnologik sohasiga hissa qo‘shish niyatida ekanliklarini ta’kidladilar.

Avvalroq, «Kursiv» Isroilning Check Point kompaniyasi O‘zbekiston Markaziy bankiga kiberxavfsizlikda yordam berishini yozgan edi.

Shuningdek