Rossiyaning Ural Airlines aviakompaniyasi 13-yanvardan boshlab Krasnoyarskdan Toshkentga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi, deb xabar berdi «Kommersant».
Hozirda ushbu yoʻnalish boʻyicha «Rossiya» va Uzbekistan Airways aviakompaniyalari parvozlarini amalga oshirmoqda.
Eslatib oʻtamiz, Rossiya aviakompaniyalari Oʻzbekistonga parvozlarga qiziqish ortgan. «Rossiya», Smartavia, Nord Star va «Yakutiya» aviatashuvchilari Krasnoyarsk – Toshkent yoʻnalishi boʻyicha parvozlar uchun ariza topshirishgan edi.
Avvalroq, «Kursiv» Ural Airlines Yekaterinburgdan Farg’onaga parvozlarni boshlagani haqida yozgan edi.