O’zbekiston 2023-yilda energetika muammolarini qanday hal qildi

eʼlon qilindi
Hukumat gaz va elektr tanqisligi bilan bog'liq muammolari bilan qanday kurashdi
Foto: Toshkent shahar hokimligi

Joriy yilning boshlanishi O’zbekistonda anomal sovuq, yoz esa juda issiq ob — havo bilan belgilandi. Bu uy-joy kommunal xo’jaligi, energetika va transport sohasidagi muammolarga olib keldi. «Kursiv» ob-havoning murakkab sharoitlari respublikaning energiya tizimiga qanday ta’sir qilganini aniqladi.

G’ayritabiiy sovuqlar elektr va gazning uzilishiga olib keldi

Yanvar oyining birinchi o’n kunligida O’zbekistonda o’rtacha kunlik havo harorati -15…-18° dan pastga tushdi, mamlakatning ayrim hududlarida sovuqlar -25…-27°gacha qayd etildi.

Shu bilan birga, 12 yanvardan boshlab Turkmaniston O’zbekistonga gaz yetkazib berishni to’xtatdi. Buning sababi «Daryalik» stansiyasida qattiq sovuq tufayli sodir bo’lgan favqulodda vaziyat edi. Yoqilg’i ta’minoti qo’shni davlat to’qqiz kundan keyin qayta tiklandi.

Sovuq ob-havo sharoitida energetika vazirligi fuqarolarni gaz va elektr energiyasining uzilishi mumkinligi to’g’risida ogohlantirdi.

Mamlakatda respublika energiya tizimidagi muammolarni bartaraf etish uchun mingdan ortiq mobil maxsus brigadalar tashkil etildi. shuningdek, hukumat aholiga yoqilg’i yetkazib berishni ko’paytirish uchun yoqilg’i quyish shoxobchalari ishini to’xtatishga qaror qildi.

Yanvar oyi o’rtalarida prezident Shavkat Mirziyoyev kommunal to’lovlarni to’lamaganligi uchun fuqarolardan gaz va elektr energiyasini o’chirishni taqiqladi. Cheklov 27 yanvarda olib tashlandi.

Vaziyatni O’zbekistonning Afg’onistonga elektr energiyasi yetkazib berish bo’yicha shartnoma majburiyatlari ham murakkablashtirdi. O’zbekiston qo’shni mamlakatga 400 MVt dan ortiq quvvat yetkazib berishga va’da bergan edi.

22 yanvar kuni «Tolibon» tashqi ishlar vaziri Amir Xon Muttaki O’zbekiston «o’z va’dasiga sodiq qolishi»kerakligini ma’lum qildi.

Foto: Toshkent shahar hokimligi

Toshkent aholisi qanday muammolarga duch keldi

Toshkentdagi sovuq bilan bog’liq muammolarni hal qilish uchun poytaxtning sobiq rahbari Jahongir Artiqxo’jayev tuman hokimlarini keskin sovuq paytida «oyoqqa turishga» chaqirdi.

Shahar ma’muriyati muhtojlarga, shuningdek, kommunal xizmatlar va yo’l harakati xodimlariga bepul palov tarqatishni tashkil etdi.

O’sha paytdagi shahar hokimi jamoat transportini dizel yoqilg’isiga o’tkazishni ham buyurdi. Shuningdek, shahar hokimiyati murakkab energetik vaziyat tufayli zavodlarni elektr va gaz bilan ta’minlashni to’xtatdi.

«Barcha korxona, fabrikalarda, egasi kim bo’lishidan qat’i nazar, biz elektr va gazni o‘chirishga majburmiz. Bunday vaziyat ikki kun davom etadi».

Jahongir Artiqxo’jayev

Energiya va gaz ta’minoti bilan bog’liq muammolar Toshkentdagi har beshinchi mahallaga ta’sir ko’rsatdi. 6 mingdan ortiq ulgurji iste’molchilar vaqtincha elektr ta’minotidan uzildi.

Foto: Yuriy Korsunsev / Toshkent shahar hokimligi

Yanvar oyi o’rtalarida Shavkat Mirziyoyev Artikxodjayevni Toshkent hokimi lavozimidan bo’shatgani ma’lum bo’ldi. Baxtiyor Rahmonov yangi shahar hokimi bo’ldi.

Fevral oyi boshida sovuqlar pasayishni boshladi va O’zbekistondagi vaziyat yaxshilana boshladi. 2 fevraldan boshlab mamlakatda gaz yoqilg’i quyish shoxobchalari ishga tushdi.

Ayozli yanvar oyini sarhisob qib, energetika vazirligi joriy yilda respublikada yettita yangi elektr stansiyasi tashkil etilishini, ulardan uchtasi muqobil energiya manbalaridan foydalanishini ma’lum qildi.

Yanvar natijalari va qishning oxiri

Edward’s East Strategies ma’lumotlariga ko’ra, 1-25 yanvar kunlari «1055 Markaziy dispetcherlik» Telegram kanaliga 82 mingga yaqin xabar kelgan. Eng ko’p shikoyatlar Chilonzor, Mirobod va Sergeli tumanlari aholisidan kelib chiqqan. Toshkentliklar asosan elektr energiyasi bilan bog’liq muammolardan shikoyat qilishdi.

Fevral oyi boshida davlatimiz rahbari Toshkentda qayta tiklanadigan energiya manbalariga 1 milliard dollar ajratishga qaror qildi va transformatorlar ishlab chiqarishni ko’paytirishni buyurdi.

Shuningdek, 2023 yilda 1,8 mingta ko’p qavatli uylarda isitish tizimi to’liq yangilanishi va 300 km magistral issiqlik tarmoqlari rekonstruksiya qilinishi ma’lum bo’ldi.

Bundan tashqari, hukumat 1,1 mingdan ortiq issiqxona va 250 ta qurilish materiallari ishlab chiqarish zavodlarini ko’mir yoqilg’isiga o’tkazishga qaror qildi.

2023 yil yozi +40°issiqlik bilan esda qoldi

Yoz boshlanishi bilan poytaxt aholisi yangi muammo — g’ayritabiiy issiqlik bilan duch keldi. Toshkent podstansiyalarida yong’inlar qayd etila boshlandi. Xususan, iyun oyida «Qo’qon» podstansiyasida sodir bo’lgan avariya tufayli Toshkent shahrining Mirobod tumani aholisi elektrsiz qoldi. Hodisa shaharning ikki tumanida suv ta’minoti uzilishiga ham olib keldi.

Foto: Roman Fedotov / «Kursiv»

14-iyun kuni iste’molchilar energiya sarfi bo’yicha bir soatlik rekordni yangiladi — soat 11:00 ga kelib enektr ishlatish hajmi 11 080 MVtni tashkil etdi, bu o’tgan yilga nisbatan 15,4 foizga ko’pdir. Energetika vazirligi ma’lumotlariga ko’ra, bu hajm to’rtta bug ‘ – gaz qurilmasi yoki ikkita Turaqo’rg’on issiqlik elektr stansiyasining quvvatiga teng.

E’tibor bering, ushbu kunda O’zbekistonda o’rtacha kunlik havo harorati +37…+38°ni tashkil etdi. Ayrim hududlarda +40°qayd etilgan.

«Hatto 2022-yil iyul oyidagi eng issiq davrda ham maksimal yuk 10 800 MVt dan oshmadi, maksimal kunlik iste’mol esa 238,2 million kVt•soatdan oshmadi».

Energetika vazirligining bayonoti
Foto: Roman Fedotov / «Kursiv»

12 iyul kuni O’zbekistonda +46°qayd etildi. 24-27 iyul kunlari mamlakatda havo harorati +44°gacha qizidi.

Qish boshida bo’lgan vaziyatni takrorlandimi?

Dekabr oyining birinchi kunlaridan boshlab O’zbekistonda havo harorati noldan past darajaga tusha boshladi. Sovuqlik uy-joy kommunal xo’jaligi, energetika va transportga zarba berdi.

Shu oy boshida mamlakatning hududlaridan birida gaz quyish shoxobchalari faoliyati cheklandi. 8 dekabr kuni davlatda gaz quyish shoxobchalarining ish jadvali o’rnatildi.

Oyning o’rtalarida respublikaning oltita viloyatida avtomobillarga yonilg’i quyish shoxobchalarining yarmi vaqtincha to’xtatilganligi ma’lum bo’ldi.

Foto: Toshkent shahar hokimligi

Dekabr oyi oxirida energetika vaziri Jurabek Mirzamahmudov «O’zi Nima Gap» loyihasiga bergan intervyusida vazirlik gaz yoqilg’isini yopmaganligini aytdi.

Uning so’zlariga ko’ra, ularning ishi vaqtincha cheklangan edi. Biroq, bu aholi va korxonalarga yoqilg’i etkazib berish uchun gaz quvurlarida bosimni ta’minlashga imkon berdi.

Xatolar ustida ishlash

Bunday hodisalarning oldini olish maqsadida O’zbekiston bir qator chora-tadbirlarni amalga oshirdi, jumladan, Rossiya gazini import qilishni yo‘lga qoydi.

Hamda O’zbekistonda yangi elektr stansiyalarini ishga tushirish rejalashtirildi. Mamlakatda «yashil» energiya manbalari ham o’zlashtirilmoqda. Shunday qilib, joriy yilning dekabr oyida Navoiy shahrida mamlakatdagi birinchi shamol generatorlari sinov rejimida ishga tushirildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev O’zbekistonning oltita viloyatida jami 2,4 GVt quvvatga ega beshta quyosh va bitta shamol elektr stansiyasini ishga tushirdi.

O’zbekistonda davlat muassasalari va boshqa ijtimoiy obyektlar binolariga kichik quyosh elektr stansiyalari ham o’rnatila boshlandi.

O’zbekiston energiya quvvati 2023 yil dekabr oyiga kelib 85 milliard kilovatt-soatga yetdi. Ko‘rsatgichni 41 foizga — 120 milliard kilovatt-soatgacha oshirish rejalashtirilgan. Ushbu maqsadlar uchun hukumat mamlakatning energetika sektoriga 50 milliard dollardan ko’proq mablag ‘ sarflaydi.

Shuningdek