The Guardian: Usmonovning boyligi 20,3 milliard dollargacha oshgan

eʼlon qilindi
Bu haqda The Guardian nashri xabar berdi
Foto: RBK

Asli o’zbekistonlik milliarder Alisher Usmonov 2023-yilda boyib ketishda davom etdi, deb maʼlum qildi The Guardian.

Nashrning hisob-kitoblariga ko‘ra, uning boyligi 1,88 milliard dollarga oshib, 20,3 milliard dollarni tashkil etgan.

«Kursiv» avvalroq The Guardian nashri dunyoning eng badavlat kishilari boyligining o‘sish dinamikasi bo‘yicha tahlili natijalarini keltirgan edi. Ma’lum bo‘lishicha, iqtisodiy va siyosiy muammolarga qaramay, aksariyat milliarderlar daromadlarini oshirgan.

Shuningdek