Turkiyaning Acıbadem kompaniyasi Toshkentda klinika ochadi

eʼlon qilindi
U 1991-yildan beri tibbiy xizmat ko'rsatib kelmoqda
Foto: apy.com.tr

Turkiyaning Acibadem klinikalari tarmog‘i O‘zbekiston poytaxtida o‘z filialini ochadi, deb xabar qildi Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.

Bu borada vazirlik vakillari va Acibadem Healthcare Group prezidenti Mehmet Ali Aydinlar kelishuvga erishdi.

Acibadem 1991 yilda tashkil etilgan. Kompaniya turli xil tibbiy xizmatlarni, jumladan, onkologik va yurak kasalliklarini davolashni ko’rsatadi. Shuningdek, u buyrak va suyak iligi transplantatsiyasi xizmatlarini ko’rsatadi.

2011 yildan buyon kompaniya xorijdagi faoliyatini kengaytirdi va Makedoniya, Bolgariya va Niderlandiyada klinikalarni ochdi.

Bugungi kunda besh mamlakatda 24 ta klinika mavjud bo’lib, ularda 22,5 ming tibbiyot xodimi ishlaydi.

Avvalroq, «Kursiv» davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev 2022-yil aprel oyida tibbiyot muassasalari uchun turizm xizmatlarini sertifikatlashtirishni bekor qilish to‘g‘risidagi farmonni imzolagani haqida yozgan edi.

Shuningdek