O‘zbekistonda yangi yil dasturxoni yozish qancha tushadi

eʼlon qilindi
Kursiv nashiriyoti narxlarni o‘rganib chiqdi
Foto: tsuguliev /www.depositphotos.com

Bayramga ham sanoqli kunlar qoldi. Hozir ko’pchilik Yangi yilni qayerda nishonlash, dasturxonga nima yozish va hammasi qanchaga tushishi haqida o’ylashmoqda. Kursiv nashiriyoti bayram dasturxoni uchun mahsulotlar narxlarini o‘rganib chiqdi. Narx to’rt kishilik oilaga muljallangan.

Keling, eng mashhur taomlardan boshlaylik, ularsiz postsovet hududida birorta uyda Yangi yil bayrami o‘tmaydi. Korzinka supermarketlar tarmog’idan 28 dekabr holatiga oziq-ovqat narxlarini olamiz.

Olivie salatini tayyorlash uchun sizga to’rtta kartoshka, tuxum (o’nlab oling, yarmi «shuba» salatiga ishlatiladi), tuzlangan bodring, bir banka no’xat, o’nlab tuxum, 500 gr kolbasa va mayonez – bu «shuba» uchun ham ishlatiladi. Mahsulotlarni meyorida olsak 71,2 ming so‘m bo‘ladi.

«Kursiv»

Endi «shuba» salati uchun nimalar kerakligi haqida gap ochamiz. Ushbu salat uchun tuzlangan seld, bitta qaynatilgan lavlagi, 4 ta kartoshka, 2 sabzi, bir piyoz, 5 ta qaynatilgan tuxum va mayonez kerak.

«Kursiv»

Yangi yil dasturxoni uchun asosiy taom sifatida tovuq go‘shtini berishingiz mumkin (uning qiymati 1 kg uchun 44,9 ming so‘m).

Yangi yil mandarinsiz qanday bo’lar edi? Katta mandarinlarni narxi 10 ming so‘mdan, kichiklariniki esa 21,5 ming so‘mdan bo‘shlanadi.

Shampan vinosining narxi 30 ming so‘mdan boshlanadi va hech qayerda tugamaydi. Mamlakatda uning o’rtacha narxi 70 ming so’m. Qizil ikra shampan bilan yaxshi ketadi – 90 gramm uchun 120 ming so’mdan sotiladi.

Yakuniy teginish – ichimliklar va shirinliklar. 1,5 litr gazli ichimlik — 23 ming so‘m, bir yarim kilogramm shokolad ham 23 ming so‘m.

«Kursiv»

Xulosa qilaylik. To‘rt kishilik oila uchun yangi yil dasturxoni 460 ming 100 so‘mga tushadi.

Shuningdek