O‘zbekistonlik investor Qozog‘istondagi uzum biznesiga sarmoya kiritishga qaror qildi

eʼlon qilindi
Bosh muharrir o‘rinbosari
Loyiha 2024-2029 yillarda amalga oshirilishi rejalashtirilgan
Foto: Pixelot / www.depositphotos.com

Oʻzbekistonlik tadbirkor Qozogʻistonda uzum yetishtirishni yo‘lga qo‘yadi. Loyihaga 3,5 milliard tenge sarmoya kiritadi, deb xabar qildi Qozogʻistonning Turkiston viloyati Sauran tumani hokimligi matbuot xizmati.

Tadbirkor viloyatda o‘tkazilgan biznes-forumda o‘z loyihasi taqdimotini o‘tkazdi.

– «Viloyat iqlimiga mos to‘rtta uzum navini namoish etdi. Shuningdek, Qozog‘istonda uzum yetishtirish va uni xorijiy davlatlarga eksport qilish samaradorligi haqida ham so‘z yuritdi», — deyiladi xabarda.

Biznes-forumda tuman hokimligi va xorijlik tadbirkor o‘rtasida memorandum imzolandi. Loyiha 2024-2029 yillarda amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Avvalroq, «Kursiv» O‘zbekiston 2023-yilning 11 oyida qariyb 121 ming tonna uzum eksport qilgani haqida yozgan edi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 55 foizga kam. Ushbu tendentsiya kichik hosil tufayli uning yuqori narxi bilan bog’liq.

Shuningdek