«Tolibon» endi Qozog‘istonda taqiqlanmagan

eʼlon qilindi
Bosh muharrir o‘rinbosari
Buning sababini mamlakatning Tashqi ishlar vazirligi vakili aytdi
Surat: prusaczarko / www.depositphotos.com

Qozog‘iston hukumati «Tolibon»ni taqiqlangan tashkilotlar ro‘yxatidan chiqarib tashladi, dedi davlatning Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Aybek Smadiyarov «Kazinform» agentligiga.

Unga ko‘ra, respublika doimiy ravishda taqiqlangan tashkilotlar ro‘yxatini yangilab boradi. Tolibonni undan chiqarib tashlash qarori harakat BMT Xavfsizlik Kengashi tomonidan terrorchi deb tan olingan tashkilotlar ro‘yxatida yo‘qligi bilan bog‘liq.

«Siyosiy aloqalarga kelsak, Qozogʻiston Xavfsizlik Kengashi va BMT Bosh Assambleyasi tomonidan qabul qilingan qaror va rezolyutsiyalarga qatʼiy rioya qilishda davom etishini taʼkidlamoqchiman», dedi TIV vakili.

Avvalroq Kursiv Tolibon O‘zbekistondan elektr energiyasi sotib olish bo‘yicha shartnomani uzaytirgani haqida yozgan edi. Hujjatni Afg‘onistonning DABS energetika kompaniyasi rahbari Muhammad Hanif Hamza va «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi Dadajon Isoqulov imzoladi.

Shuningdek