Rossiyaning «Gazprom» xoldingi rahbari Aleksey Millerning aytishicha, kompaniya Oʻzbekiston, Qozogʻiston va Qirgʻizistonga gaz yetkazib berish boʻyicha 15 yillik shartnomalar tuzadi.
Uning gaplariga ko‘ra, shartnomalar kelasi yilning o‘rtalarida Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumida tuziladi. Yoqilg’i yetkazib berish 2025 yilning noyabr oyida boshlanishi rejalashtirilgan. Bu vaqtga kelib «Gazprom» Markaziy Osiyo – Markaz quvuri orqali gaz yetkazib berish hajmini oshirish niyatida.
Dekabr oyi oxirida Miller Rossiya gazining O‘zbekistonga eksporti ikki baravar oshgani haqida xabar bergan edi.
Avvalroq, «Kursiv» Gazprom O‘zbekistonga gaz yetkazib berish hajmini oshirish uchun yangi yo‘nalishlarni qidirayotgani haqida yozgan edi.