Rossiyaning tanishuv xizmati O‘zbekiston bozoriga kirishni rejalashtirmoqda

eʼlon qilindi
U 2023 yilning yozida ish boshlagan
Foto: rawpixel/Depositphotos

Rossiyaning Twinby tanishuv xizmati O‘zbekiston va Qirg‘iziston bozoriga chiqish imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqda, deb yozdi «Kommersant» kompaniya vakiliga tayanib.

«Ingliz tilidagi ilova sanab o‘tilgan hududlardagi App Store’dan allaqachon faol ravishda yuklab olinmoqda», — dedi Twinby vakili.

Kompaniya Ozarbayjon va Turkiya bozorlariga ham chiqishni rejalashtirgan.

Twinby Oliy Iqtisodiyot maktabi bitiruvchilari Valeriy Klimov va Veronika Yakovleva tomonidan asos solingan. Xizmat joriy yilning yozida ishlay boshladi.

Ilovaning o’ziga xosligi shundaki, ro’yxatdan o’tishda foydalanuvchi psixologik testdan o’tadi, uning asosida potentsial juftlik tanlanadi. «Kommersant» nashrining yozishicha, loyihaga kiritilgan sarmoya 2 million dollarni tashkil etgan. Kuzda servis yana 1,5 million dollar yig‘gan.

Avvalroq, «Kursiv» o‘tgan bahorda Badoo tanishuv xizmati Rossiyani tark etgani haqida yozgan edi.

Shuningdek