Toshkentda Qor Bobolar paradi bo‘lib o‘tadi

eʼlon qilindi
30 dekabr soat 15:00 da
Foto: «Novosti Krimska i Krasnodarskogo kraya»

Toshkentda 30 dekabr kuni soat 15:00 da «1000 ta Qorbobo fleshmobi» boʻlib oʻtadi, deb xabar qildi poytaxt hokimligi matbuot xizmati.

Tadbir Konstitutsiya ko‘chasidan (Brodvey) boshlanib, Istiqlol ko‘chasi bo‘ylab maydondagi markaziy archagacha davom etadi.

« Oilangiz va do’stlaringiz bilan keling, kameralaringizni tayyorlang – sizni haqiqiy sehrli onlar kutmoqda: ajoyib musiqa va tomoshalar hamda, albatta, ertak qahramonlari!», – deya taʼkidladi shahar hokimiyati.

Avvalroq, «Kursiv» O‘zbekistonda yangi yil dasturxoni yozish qanchaga tushishi haqida yozgan edi.

Shuningdek