Mirziyoyev: 2024-yil “Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili” deb eʼlon qilindi

eʼlon qilindi
Bosh muharrir o‘rinbosari
Inson qadrini ulug‘lash, aholimiz manfaatlarini ta’minlash, buning uchun kuchli iqtisodiyot barpo etish bizning asosiy vazifamizdir, dedi prezident
Foto: Oʻzbekiston prezidenti matbuot xizmati

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqini Yangi yil bilan tabriklab, 2024-yilni «Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili» deb e’lon qildi.

«Inson qadrini ulug‘lash, aholimiz manfaatlarini ta’minlash, buning uchun kuchli iqtisodiyot barpo etish bizning asosiy vazifamizdir. Shu maqsadda 2024-yilni mamlakatimizda «Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili», deb e’lon qildik», – dedi prezident.

Uning so‘zlariga ko‘ra, yangi yilda iqtisodiyotimizga xorijiy investitsiyalarni jalb etish, tadbirkorlik va xususiy mulk uchun keng imkoniyatlar yaratishni yanada kuchaytiramiz. Ilm-fan, innovatsiya, IT kabi sohalarni, «yashil» va raqamli texnologiyalarni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratamiz.

«Yangi ish o‘rinlari tashkil etish, aholi daromadlarini oshirish e’tiborimiz markazida bo‘ladi. Ish haqi, pensiya, stipendiya va nafaqalar miqdori ko‘paytiriladi. Xotin-qizlar va nuroniylarni, yordamga muhtoj insonlarni qo‘llab-quvvatlashga alohida ahamiyat beramiz. Ijtimoiy sohalar rivojini mutlaqo yangi bosqichga ko‘taramiz», – dedi davlatimiz rahbari.

Murojaatning toʻliq matni prezident saytida eʼlon qilingan.

Shuningdek