Birlashgan Arab Amirliklarida yangi yil bayrami namoishlari Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi

eʼlon qilindi
Uni 50 ming kishi tomosha qildi
Foto: Khaleej Times

BAAdagi Yangi yil bayrami salyutlar shousi ikki Ginnes rekordini o‘rnatdi – suv va osmondagi eng uzun pirotexnika portlash qatori, deb yozdi «TASS».

Namoish Al-Marjon arxipelagi va Al-Hamra hududi orasidagi qirg‘oqda sahnalashtirilgan. Uni 50 mingga yaqin tomoshabin tomosha qildi.

Foto: Khaleej Times

Yangi yil shousida 1 mingdan ortiq pirotexnika va svetodiodli dronlar, shuningdek, yengil samolyotlar qo‘llanildi.

2022-yilda Amirliklar «Bir vaqtning o‘zida feyerverk otadigan masofadan boshqariladigan dronlarning eng ko‘p soni» va «Osmonda masofadan boshqariladigan dronlar tomonidan yaratilgan eng katta yozuv» nominatsiyalari bo‘yicha ham jahon rekordini o‘rnatgan edi.

Ginnesning rekordlar kitobi – bu odamlar va hayvonlarning yutuqlarini nashr etadigan yillik ma’lumotnoma. Birinchi marta 1955 yilda Irlandiyaning Ginnes pivo zavodi buyurtmasi bilan nashr etilgan.

Video: Global News

Avvalroq, «Kursiv» O‘zbekiston Mustaqillik kunini feyerverklar bilan nishonlagani haqida yozgan edi.

Shuningdek