Bloomberg: Usmonovning boyligi 259 mln dollarga kamaydi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
O‘tgan yili milliarderning aktivlari 21,1 mlrd dollarga baholangan edi
Foto: ”San’at, fan va sport” xayriya jamg‘armasi

2024-yil boshidan buyon Alisher Usmonovning boyligi 259 mln dollarga kamayib, 20,8 mlrd dollarni tashkil qildi, deb xabar beradi Bloomberg.

3-yanvar holatiga ko‘ra, Bloomberg talqini bo‘yicha dunyoning 500 eng boy odamlar reytingida Usmonov 86-o‘rinni egallagan. O‘tgan yil oxirida tadbirkorning boyligi 21,1 mlrd dollarni tashkil qilgan.

Amerikaning Forbes nashri hisob-kitobi bo‘yicha, joriy yil boshida rossiyalik milliarderning sof kapitali 14,4 mlrd dollar baholangan.

Eslatib o‘tamiz, Alisher Usmonov Italiyaning TGcom24 telekanaliga bergan intervyusida u O‘zbekiston iqtisodiyotiga pul sarmoya kiritishni «buyuk maqsad» deb atadi.

Avvalroq, «Kursiv» o‘tgan yozda Usmonov uyi daxlsizligi buzilgani yuzasidan Germaniya Konstitutsiyaviy sudiga shikoyat qilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek