BRICS’ga yana bir davlat qo‘shildi
eʼlon qilindi
( yangilandi)
Tashkilot aʼzolari soni oʻntaga yetdi
Saudiya Arabistoni BRICS tashkilotiga qo‘shildi, deb xabar bermoqda Reuters agentligi mamlakat davlat televideniyesiga tayanib.
Avvalroq, davlat hokimiyati organlari barcha tafsilotlarni o‘rganib chiqqandan so‘ng, 1-yanvar kuni tashkilotga qo‘shilish istagini bildirgan edi. Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vaziri Faysal bin Farhon BRICS iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlash uchun «samarador va muhim kanal» ekanligini aytdi.
BRICS davlatlararo birlashma boʻlib, unga Saudiya Arabistonidan tashqari Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy, JAR, Birlashgan Arab Amirliklari, Eron, Misr va Efiopiya kiradi. Tashkilot 2006-yilda tashkil topgan.
Avvalroq, «Kursiv» Pokiston 2024-yilda BRICSga qo‘shilishni rejalashtirayotgani haqida yozgan edi.